BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRI O‘RINBOSARI B.UMURZOQOV BOSHCHILIGIDAGI VAZIRLIKNING BIR GURUH XODIMLARI ISHTIROKIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

27.10.2020

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzoqov boshchiligidagi Vazirlikning bir guruh xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Kelib tushgan 48 dan ortiq murojaatlarni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rildi.

Murojaat etganlardan 7 nafari doimiy ishga, 15 nafari o‘qishga yo‘llanma oldi, 5 nafar fuqaroga subsidiya taqdim etildi, 3 nafari jamoat ishlariga yo‘naltirildi, 4 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlanadi, 2 nafar murojaatchining korxonada ishlagan ish haqisini undirib berish hamda ishdan noqonuniy bo‘shatilish masalalari o‘rganib chiqilmoqda, 11 kishini esa ishga joylashish bo‘yicha murojaatlari viloyat bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.