Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzaqov “Mahallabay” ishlash tizimi bo'yicha o'rganishlar o'tkazdi

01.03.2021

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzaqov boshchiligida Toshket viloyati Yangiyo‘l tumanida “Mahallabay” ishlash tizimi bo'yicha tuman sektor rahbarlari bilan muloqotlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida 8 ta og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularning bandligiga ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘qitish masalalari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish topshirig‘i berildi.

Shuningdek, Yangiyo‘l tumanidagi 1 va 2-sonli kasb-hunar maktablarida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, ularning yaqin kelajakda amalga oshirishi kutilayotgan rejalari bilan tanishildi hamda kerakli tushuncha va maslahatlar berildi.