Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umurzakov maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan umumta'lim maktablarini otaliqqa olishi to‘g‘risida topshiriq berilgan edi. Mazkur vazifa ijrosi yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umurzakov Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 157-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv mobaynida B.Umurzakov yoshlarga mehnat bozori, mehnat munosabatlari, kasb-hunarga o‘qitish tizimi, tashkil etilayotgan monomarkazlar hamda bandlik sohasiga oid boshqa yangiliklar haqida ma’lumot, shuningdek, mehnat qonunchiligiga doir foydali va huquqiy maslahatlarini berdi.
Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.