Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanov Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi

18.09.2020

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining joriy yilning 17 sentyabr kuni Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi xodimlari hamda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaz rahbarlari bilan "Toshkent shahrida aholi bandligini ta’minlash va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida" mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanov Toshkent shahrida 2020 yilning o‘tgan davrida Aholi bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, yutuq va kamchiliklar yuzasidan o‘z fikirlarini bildirdi.

Shuningdek, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi va Yakkasaroy tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlarining ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida yangi zamonaviy shart sharoitga ega yangi bino barpo etish zarurligini ma’lum qilindi.

Aholi bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj “temir daftar”ga kiritilgan oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va ularning mehnat faolligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilda Toshkent shahrining Yashnobod, Sergeli va Bektemir tumanlariga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosi hamda 9 ta tumanda ishchi guruh tashkil etish va uyma-uy yurib ishsizlarni aniqlash, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Xotin-qizlar daftari”ni manzilliy shakllantirish kabi topshiriqlar berildi.

Shuningdek yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Davlatnazar Matrasulov Toshkent shahar hududiy bosh boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.