Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Xorazm viloyatida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov yoshlarga oid olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish maqsadida Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 1-son kasb-hunar maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan suhbatda yoshlar mehnat sohasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan turli savollarini berishdi. Shuningdek, kelgusida egallashi mumkin bo‘lgan kasblar va ularda yoshlar uchun beriladigan imtiyozlar, qolaversa, hozirgi kunda, asosan, qanday mutaxassisliklarga talab kuchli ekanligi hamda mehnat huquqlari to‘g‘risida savollariga batafsil javob olishdi.
Muloqot so‘nggida vazir Nozim Xusanov o‘quvchilarga kelgusida yaxshi kasb egasi bo‘lishi uchun ko‘proq o‘qish, izlanish muhimligi, yoshlarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalanishi kerakligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.