Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Xorazm viloyatida mahalla raislari bilan uchrashdi

11.12.2020

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanining chekka hududlari – “Gʻalaba”, “Uyg‘ur” va “Ko‘nazey” mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va faollari bilan uchrashib, u yerdagi aholining turmush tarzini yanada yaxshilash, farovonligini oshirish masalalari, qolaversa, ularni qiynab kelayotgan bir qancha muammolarini tingladi va ularning yechimi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, tumanda aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish maqsadida mahallalardagi holatlar tahlil qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, tumandagi “Gʻalaba”, “Uyg‘ur” va “Ko‘nazey” MFYlarda jami 1 471 xonadon bo‘lib, ularda 2 213 oila istiqomat qiladi. Ushbu oilalarning 77 nafari “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan.