Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘lib, u yerda o‘quvchilarga yaratilgan sharoit, o‘quv xonalari va ularning jihozlanishi, o‘quv jarayonlari bilan tanishdi
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘lib, u yerda o‘quvchilarga yaratilgan sharoit, o‘quv xonalari va ularning jihozlanishi, o‘quv jarayonlari bilan tanishdi.
Bugungi kunda mazkur Kasb-hunarga o‘qitish markazida:
🧵 Tikuvchilik;
🧶To‘quvchilik;
👨🔧 Elektr ustasi;
👨🍳 Oshpaz-qandolatchi;
👨🔧 Santexnik ustasi;
👷🏻♂️ Payvandlovchi (elektr-gaz, argon);
🚗 Avtomobillarni ta’mirlash chilangari;
🚜 Qishloq xo‘jaligi mexanizatori;
👨💻 Kompyuter IT, Web sayt;
💻 1S buxgalteriya;
🏞 Qishloq xo‘jaligi (quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik, issiqxona va limonchilik yo‘nalishi)
yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan.
Ushbu o‘quv kurslariga jami 298 nafar ishsiz fuqarolar jalb qilinib, o‘quvchilarga 2 smenada dars o‘tilmoqda.