Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Oltiariq tumanidagi Z.G‘aniyevning xonadonidagi issiqxona bilan tanishdi

03.04.2020

Joriy yilning I choragi davomida Farg‘ona viloyatida ishsiz va band bo‘lmagan 100 nafar fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida ularning tomorqalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun 209.1 mln.so‘m subsidiyalar ajratilib, fuqarolarning bandligi ta'minlandi.

photo_2020-04-03_12-37-03

Aprel oyining o‘zida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik, ko‘chat va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun 371 nafar ishsiz fuqaroga 827,3 mln.so‘m mablag‘lar subsidiya sifatida berish rejalashtirilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanov mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida joriy yilning 2 aprel kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi ishsiz (ishlash uchun chet elga ketmoqchi bo‘lgan) fuqaro Zuxriddin G‘aniyevning xonadonida bo‘lib, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan fuqaroning bandligini ta'minlash maqsadida ajratilgan 2,23 mln.so‘m subsidiya hisobiga tashkil etilgan issiqxona bilan tanishdi. Issiqxonada bodring mahsuloti yetishtirilmoqda.

photo_2020-04-03_12-37-03