Bagʻdod tumanida kasanachilik asosida tadbirkorlik faoliyati yoʻlga qoʻyildi

12.12.2023

 

Bagʻdod tumani “Chekxitoy” mahallasining rivojlanish drayveri supurgichilik hisoblanadi.

Hududning oʻziga xos yoʻnalishi sifatida eʼtirof etilayotgan maskur sohada sezilarli natijalarga erishilmoqda. “Ushbu ishlarning koʻlamini yanada kengaytirib, yil yakuniga qadar hududni ”ishsizlikdan holi hudud“ga aylantirishni maqsad qilganmiz” deydi - hokim yordamchisi Nurmatjon Gʻoziyev.

Hokim yordamchisi tavsiyasi bilan “Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan xotin-qizlarni kasanachilik asosida bandligini taʼminlash maqsadida 300 mln. soʻm subsidiya mablagʻlari ajratilib, supurgi toʻqish dastgohlari oʻrnatildi. Buning natijasida hududdagi 50 dan ortiq ishsiz ayollar doimiy daromad manbaiga ega boʻlishdi.