“Ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi mavqeini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasining Xotin-qizlar gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha Komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida “Ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi mavqeini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri maslahatchisi G.Isakova "Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tashqi va ichki migratsiya ta’siridagi ayollarga zamonaviy-ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish borasidagi masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar" mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.