“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish ishlari qizg‘in jarayonda
09.09.2021
Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat bo‘limi, Respublika Kasaba Uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi, “Tadbirkor ayol” assosiatsiyasi, viloyat Savdo-sanoat palatasi, viloyat Xalq banki mas’ullari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida viloyatda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligiga ko‘maklashish borasida hamkorlikdagi ishlarni tizimli tashkil etish borasidagi rejalar kelishib olindi.