“Ayollar daftari”da turgan, boshqa ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning bandligiga ko'maklashish uchun vazirlik va Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamkorlikda tajriba-sinov amaliyoti ustida ish olib bormoqda
“Ayollar daftari”da turgan, ko‘p bolali, himoya orderini olgan va boshqa ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning bandligiga ko'maklashish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamkorlikda tajriba-sinov amaliyoti ustida ish olib bormoqda.
Xotin-qizlarning o‘zlari qiziqqan kasb-hunar egasi bo‘lib, ijtimoiy hayotida o‘rnini topishiga ko‘maklashishni maqsad qilgan ushbu loyiha doirasida qator xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, yaqinda ushbu xotin-qizlar "Ishga marhamat" monomarkazidagi kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi. Poytaxtdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, “Ayollar daftari”, ijtimoiy himoya reyestrida turgan xotin-qizlarga bu borada yaratilgan imtiyoz hamda preferensiyalar xususida batafsil ma’lumot va tavsiyalar berildi.