Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida "Munosib mehnat sharoitlarini yaratish-ish beruvchining burchi" mavzusida seminar bo'lib o'tmoqda.

16.08.2022
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Ish beruvchilar  konfederatsiyasi hamkorligida  paxtachilik klasterlari va fermer xo'jaliklarida "Munosib mehnat sharoitlarini yaratish-ish beruvchining burchi" mavzusida seminar bo'lib o'tmoqda.

 
Seminarning asosiy maqsadi – qishloq xo‘jaligi sohasida munosib mehnat sharoitlarni yaratish, har bir ish o‘rinda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni boshqarishni (oldini olish) ta’minlanishi natijasida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarni, kasb kasalliklarni oldini olish shuningdek ish beruvchilarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatishdir.