Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallaga kirdi.

18.09.2023

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallaga kirdi. Mavsum davomida munosib mehnat sharoitlarining yaratilishi va bu borada aholining xabardorligini oshirish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

 Jumladan, barcha hududlardagi aholi gavjum joylarda LED ekranlar va peshlavhalarda targ‘ibot roliklari munatazam berib borilmoqda. Shuningdek, aholi orasida keng tushuntirishlar olib borilib, munosib mehnat sharoitlari yaratilishi paxta terimi ishtirokchilarining haq-huquqlari ekanligi tarqatma materiallar orqali yetkazilmoqda.

 Qolaversa, terimchilar uchun mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish hamda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik borasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan alohida ishchi guruhlari shakllantirilib, o‘rganishlar olib borilyapti.

 Hurmatli yurtdoshlar!

 Paxta mavsumida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish yuzasidan savollar tug‘ilsa yoki majburiy mehnat holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga yoki @Munosibmehnatuzbot telegram botiga murojaat qiling.


 Eslatib o‘tamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.