Axborot

13.02.2020

“Farg‘onaazot” AJ tomonidan jamiyatda ishlovchi xodimlarga nisbatan mehnat va mehnat muhofazasiga oid huquqlar buzilmagan.

Davlat mehnat inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asosida tekshiruv o‘tkazib shunday xulosaga keldi. 

Ishchilar shaxsiy himoya vositalari hamda maxsus kiyim bosh bilan belgilangan tartib va muddatlarda ta'minlangan. Shuningdek ularga ish haqi hamda rag‘batlantirishlar o‘z vaqtida to‘lanyapti.