AQSHning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum vazir Sherzod Kudbiyev bilan uchrashdi

17.06.2019

17-iyun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum hamda siyosiy masalalar bo‘yicha elchixona kotibi Brendon Shervud bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Daniel Rozenblyum AQSh Senatining 2019-yil 11-apreldagi tasdig‘i bilan O‘zbekistondagi elchi etib tayinlangan edi.

Uchrashuv davomida tomonlar mehnat siyosati bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, mehnat migratsiyasi sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish singari masalalarda fikr almashdi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishda faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

10

6

2

9

3

11