AQSH delegatsiyasi monomarkazda

13.04.2022

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongresining yuqori martabali xodimlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jamg‘armasi va BMTning Vashingtondagi vakolatxonasi vakillari, shuningdek, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Doina Muntyanulardan iborat delegatsiya Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘ldilar. Mehmonlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligidagi mutasaddilar tomonidan kutib olindi.