“Andijon viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari axborot xizmatlari xodimlariga 2-3 oydan buyon maosh berilmayapti” sarlavxasi ostida chiqarilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqdagi “Andijon viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari axborot xizmatlari xodimlariga 2-3 oydan buyon maosh berilmayapti” sarlavxasi ostida chiqarilgan xabarhttps://t.me/kunuzandijonvil/6182 bo‘yicha Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Andijon viloyatidagi tuman va shahar hokimyatlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan axborot xizmati xodimlardan holat yuzasidan tushuntirish xatlari olindi. O‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar hamda tushuntirish xatlariga muvofiq xodimlarning oylik ish haqlaridan qarzdorliklar aniqlanmadi.
Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchilarga xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.