Andijon viloyatida ham «Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka»lari davom etmoqda

11.09.2020

Asaka tumani "Madaniyat va istirohat bog‘i"da Karantin qoidalarga amal qilgan holda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda Asaka tumani xokimligi, Tuman prokuraturasi, tuman IIB, hamkorligida Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. 

 photo_2020-09-09_17-42-18

Asaka tumanida tashkil etilgan tadbirda 61ta korxona va tashkilotlar 268ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 140 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etdi. Ulardan 71 nafari ishsiz fuqarolarga ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berilib, 51 nafari doimiy ishga, 10 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborildi. Shuningdek, 10 nafar ishsiz yoshlarni "Usta-shogird" tikuvchilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘llanma berildi. Yana 69 nafar ishsiz fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PQ-3584 son Qaroriga muvofiq, chet elda qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarga yaratilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida maslahatlar berildi.