Andijon viloyatida "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar muammolari o‘rganilmoqda
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar masalalari yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Boshqarma boshlig‘i I.Abrorov hamda tuman hokimi A.Ergashev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, tumandagi 74 ta mahallalar kesimida ishchi guruhlar tashkil etish orqali vazifalar bajarilib, mazkur daftarni shakllantirish natijasida aniq raqamlar va ko‘rsatkichlar belgilab olindi. Daftarga kiritilgan, ishsizligi aniqlangan xotin-qizlarni manzilli loyihalar orqali ish bilan ta'minlash harakatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, uchrashuv davomida tumanda 31 yoshdan yuqori ayollar bilan suhbat o‘tkazilib, 32 855 nafar xotin-qizlarning ijtimoiy, huquqiy hamda ruhiy holatlari, ularning bilim va kasb egallashga bo‘lgan ishtiyoqlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.
Yig‘ilish so‘nggida mas'ullar tomonidan ayolllarni ish bilan ta'minlash, ularning bandligiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan harakatlarni jadallashtirish, qolaversa, hozirgi natijalarni sarhisob qilgan holda yangi vazifalar hamda ish rejalari belgilab olindi.