Andijon viloyati Ulug‘nor tumanidagi kasb-hunarga o‘qitish markazida bitiruvchilaga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

29.01.2021

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanidagi kasb-hunarga o‘qitish markazida bir guruh bitiruvchilaga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markaz tashkil etilganidan buyon 202 nafar tinglovchilar bitirganlik to‘g‘risidagi ana shunday tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘ldilar.

Mazkur sertifikatlar xorijdagi ish beruvchilar tomonidan ham tan olinib, tegishli malaka talab etadigan korxona tashkilotlarida rasmiy tarzda ishlash uchun imkon yaratadi.

Tadbirda ishtirok etgan Andijon viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi rahbariyati, mahalliy hokimlik hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari so‘zga chiqib, bitiruvchilarga kelgusidagi ishlarida muvafaqqiyat tiladilar.