"Andijon viloyati “Suvta’minot” korxonasi xodimlari oylik ish haqlari berilmaganligi" mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqda "Andijon viloyati “Suvta’minot” korxonasi xodimlari oylik ish haqlari berilmaganligi" bayon qilingan xabar https://t.me/SizdanAsaka/4806 bo‘yicha Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida “Andijon suv ta’minoti” MCHJ Asaka tuman filiali tomonidan xodimlarga sentyabr oyi uchun 223,5 mln so‘m oylik ish haqlari berilmaganligi aniqlandi. Yuqoridagilarga asosan, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Asaka tumanlararo sudiga ariza kiritildi.
Shuningdek, ish beruvchiga xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.