Andijon viloyati Shahrixon tumanida yangi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi foydalanishga topshirildi
Prezidentimizning aholi bandligi sohasida olib borayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, hamda Andijon viloyati Shahrixon tumani aholisiga sifatli xizmatlarini ko‘rsatish uchun Shahrixon Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yangi ma’muriy binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi, Bandlik bosh boshqarmasi mas’ul rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Binoning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar tadbir ishtirokchilarini Konstitusiya kuni bilan tabriklab, ushbu bino Shahrixon aholisiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish uchun barcha jihozlar va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligini, shuningdek, zamonaviy qulayliklarga ega ekanligini, murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi uchun markaz tomonidan yetarlicha harakatlar amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.