Andijon viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi

27.07.2021

Ijtimoiy tarmoq orqali fuqaro K.O‘rinovaning ishdan noqonuniy ravishda bo‘shatilganligi yuzasidan chiqarilgan xabar https://human.uz/8/48/1334 bo‘yicha Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Muqaddam mazkur fuqaroning Andijon viloyat Bandlik bosh boshqarmasiga qilgan murojaati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, aniqlangan holatlar yuzasidan fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan.

Sudning 2021 yil 4 iyundagi hal qiluv qaroriga muvofiq, fuqaroning barcha talablari qondirilib, ishga tiklash belgilangan.

O‘rganish davomida, hozirgi kunda Andijon tumanlararo sudining chiqargan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati bo‘yicha sud jarayoni davom etayotganligi aniqlandi.