Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat
23.09.2021
Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi muovini o‘z uyida obodonlashtirish ishchilarini majburan ishlatdi” mazmunida tarqalgan xabar https://t.me/muxbir1/12352 yuzasidan Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari soya donini quritish va tozalash ishlariga jalb etilgan.
Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1 qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.