Andijon shahrida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi

14.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020 yil 20 avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan topshiriqlariga asosan "Yoshlar" va "Ayollar daftari"da aniqlangan har bir ishsiz yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlash maqsadida Andijon viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hamda Andijon shahar hokimligi tomonidan Andijon shahridagi «Yoshlar markazi»da «Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka»si o‘tkazildi.
Yarmarka davomida jami 85 nafar fuqarolar bandligi ta’minlanib, 96 nafariga ishga joylashishlari uchun, 14 nafariga esa kasbga o‘qitish kurslariga yo‘llanmalar berildi hamda 2 nafariga subsidiyalar ajratildi.
Shuningdek, 37 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha maslahatlar berildi.