“Zamonaviy ayol psixologiyasi” mavzusida onlayn seminar-trening tashkil etildi

05.06.2020

Ayol – ona, rafiqa, farzand, kelin, shu bilan bir qatorda, ijtimoiy sohada xodim yoki rahbar. Bularning har birining o‘ziga yarasha yuki, xizmati va mas'uliyati bor. Bu rollarni bajarish asnosida shaxsiy “Men”ni rivojlantirish zamonaviy ayol uchun dolzarb masala hisoblanadi.

photo_2020-06-05_13-16-54 

Shu maqsadda bugun, 5-iyun kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi ayollar bilan mazkur masalalar yechimiga bag‘ishlangan “Zamonaviy ayol psixologiyasi” mavzusida onlayn ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Seminar-trening shaklida o‘tkazilgan mazkur tadbirda psixolog Shoira Isakova tizimda faoliyat yurituvchi ayollarga ishda, shaxsiy hayotlarida muvaffaqqiyatga erishishi yuzasidan psixologik tavsiyalar berdi. 

photo_2020-06-05_13-16-54 (2) 

Shuningdek, jarayonda aholi bilan muloqot qilishda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi hamda ularning xarakter xususiyatlarini namoyon qilishga ko‘ra yondashuvlar mavzusida ham tushuntirishlar berildi. 

photo_2020-06-05_13-16-57