Amaliyotchilarning yana bir guruhi tajriba almashdi
13.03.2020
Xabaringiz bor, joriy yilning yanvar oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning yoshlar bilan uchrashuvida ustuvor vazifalar belgilab olingandi. Unga ko‘ra, yoshlardan kadrlar zaxirasini shakllantirish masalasi ham o‘rtaga tashlangandi. Shu maqsadda Mehnat vazirligi tomonidan tizimdagi yoshlarning malakasini oshirish uchun amaliyot tizimi joriy etildi.
Bugun ham navbatdagi bir guruh yosh xodimlar amaliyot muddatini tugatdi. Shu sababli vazirlikning kadrlar boshqarmasi boshlig‘i yoshlarning amaliyotdan olgan taassurotlari, rejalari va o‘rgangan bilimlari haqida o‘rtoqlashdi.