“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda
20.01.2021
Avval xabar qilinganidek, 2021 yil 21 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonuni kuchga kiradi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘kuv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Vazirlikda videokonferensaloqa shaklida bugun o‘tkazilgan ana shunday tadbirda ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri Bandlik bosh boshqarmalari, shuningdek, tuman ABKMlari mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.