“AHOLI BANDLIGI TO‘GʻRISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGIDA O‘QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzakov, Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i T.Mahmudov va Kasb-hunarga o‘qitish masalalari boshqarmasi boshlig‘i H.Abdullayev barcha hududiy Bosh boshqarma va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari bilan jonli muloqot o‘tkazishdi.
Xususan, vazir o‘rinbosari B.Umurzakov “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyatini o‘rganish, targ‘ib qilish va hayotga tatbiq etishda barcha rahbar va xodimlar o‘z hissalarini qo‘shishlari zarurligi masalalari bo‘yicha so‘z yuritdilar.
Shuningdek, aholini malakali darajasini oshirish, kasb-hunarga o‘qitish – eng asosiy vazifalardan biri ekanligi taʼkidlandi.
Tadbir davomida yangi qonunning ahamiyati borasida fikr almashib, uni hayotga tatbiq etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli mavzular bo‘yicha tushuntirishlar berildi.