AHOLI BANDLIGI BO'YICHA SOTSIOLOGIK TADQIQOT O‘TKAZILMOQDA

15.01.2024

AHOLI BANDLIGI BO'YICHA SOTSIOLOGIK TADQIQOT O‘TKAZILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son (https://lex.uz/uz/docs/3469433) qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 26-dekabrdagi 221-sonli buyrug‘iga ko'ra, hududlarda mehnat bozori, aholi bandligi hamda migratsiya masalalari bo'yicha sotsiologik o‘rganish ishlariga start berildi.

Tadqiqot jarayonida mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash, ayniqsa mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi mehnatga layoqatli yoshlar hamda aholi bandligini ta’minlash dasturi samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘rganish natijalariga ko'ra, mehnat bozoridagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olinadi.