“Adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash - inson-qadr qimmatini taʼminlash”

07.12.2021

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash - inson-qadr qimmatini taʼminlash” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosi Haydarali Muhammedov ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasi homiyligida chop etilgan “Mehnat va bandlik sohasiga oid atamalarning izohli lug‘ati” kitobining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Izohli lug‘at barcha sohalar va tashkilotlar rahbarlari, kadrlar xizmati, mehnat organlari xodimlari hamda mehnat bozori muammolariga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.