Samarqand viloyatida aholi bandligini ta'minlash yo‘lida olib borilayotgan ishlar xususida

07.04.2020

Respublikamizdagi barcha hududlari qatori Samarqand viloyatida ham karantin va cheklov sharoitida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy inqirozning oldini olish va kambag‘allikka qarshi kurashish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilyapti. Xususan, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiyalar ajratilib, fuqarolarning bandligi ta'minlanmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodir Yakubov Samarqand viloyatining Toyloq tumanida mazkur jarayonning borishi bilan tanishdi.

Tumanda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan aholi shaxsiy tomorqalarida yaratilgan issiqxonalar bilan tanishib va mazkur faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berdi.