“Probest” moliyaviy korporatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

25.02.2020

Bugun, joriy yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligining Koreya Respublikasi Kvangju shahridagi Vakolatxonasi va “Probest” moliyaviy korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

IMG_2803

Avval tomonlar, vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, Koreyada tahsil olayotgan talabalar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvga erishgan edilar.

Ushbu Memorandum shartlarini amalga oshirish uchun o'zaro hamkorlikning quyidagi yo'nalishlari belgilandi:

1. Vakolatxona tavsiyasiga binoan “Probest” moliyaviy korporatsiyasi tomonidan 26 oy davomida 100 nafar O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini tibbiy sug'urtalash uchun 520 000 000 Koreys voni (taxminan 450 000 AQSh dollari) miqdorida beg'araz homiylikni amalga oshirish.
2. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun beg'araz homiylik bilan bog'liq bo’lgan boshqa loyihalarni amaliyotga tadbiq etish.

IMG_2804

Mazkur Memorandum doirasida tomonlar barcha harakatlarni O'zbekiston Respublikasi fuqarolari manfaati yo'lida amalga oshiradilar.