6 ta XBAning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

07.12.2021

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 7-dekabrdagi tegishli qarorlari bilan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablag‘larni zaxira sifatida to‘ldirmagani sababli quyidagi xususiy bandlik agentliklarining litsenziyalari 10 kun muddatga vaqtincha to‘xtatildi:

1. “Mirai recruitment agency хususiy bandlik agentligi” МЧЖ;

2. “Reiwa xususiy bandlik agentligi” МЧЖ;

3. “Turon world cooperation xususiy bandlik agentligi” МЧЖ;

4. “Priority international xususiy bandlik agentligi” МЧЖ;

5. “Specialist group xususiy bandlik agentligi” МЧЖ;

6. “Jyonan-staff Business xususiy bandlik agentligi” МЧЖ.