28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni

28.04.2020

Xavfsizlik madaniyatini yaratish va targ‘ib qilish, ish joylarida har yili o‘lim holatlarini kamaytirish, ushbu muammolarga jahon hamjamiyati e'tiborini jalb qilish maqsadida Xalqaro mehnat tashkiloti, XMT (International Labour Organization, ILO) 28 aprel kunini Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni deb e'lon qilgan.

Ushbu kun birinchi marta 2003-yilda nishonlangan.

Butunjahon mehnat xavfsizligi kuni g‘oyasi vafot etgan ishchilarni xotirlash kunidan kelib chiqadi, ilk bora Amerika va Kanada mehnatkashlari tomonidan 1989-yilda ish joyida jarohatlangan yoki haloq bo‘lgan ishchilarni xotirlash uchun o‘tkazilgan.

Bugungi kunda yuzdan ortiq mamlakatlarda mehnatni muhofaza qilishning hal etilmagan muammolariga jamoatchilik e'tiborini jalb qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ular, odatda davlat organlari, kasaba uyushmalari tashkilotlari, ish beruvchilar tashkilotlari va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislar tomonidan tashkil etiladi.

Har yili Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni XMT oldida turgan muammolarga bag‘ishlanadi va turli shiorlar ostida o‘tkaziladi.

Bu yil XMT Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunini “Ish joydagi sog‘liq va xavfsizlik – bu hayotni saqlab qolishi mumkin. Pandemiyani to‘xtating” shiori ostida o‘tkazilishini tavfsiya qilmoqda va “Pandemiya sharoitidagi mehnatni muhofaza qilish” tavsiyalarini ish beruvchilarga yubormoqda.

Ushbu tavsiyalar bilan O‘zbekistaon Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytida quyida ilova bo‘yicha tanishish mumkin:

Охрана_труда_в_условиях_пандемии_RUS