23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

24.10.2022

23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev hamda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov hamraislik qildi.

Shuningdek, yig'ilishda ikki mamlakatning asosiy vazirlik va idoralari rahbarlari, xususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida vazirlik hamda Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha Federal xizmati rahbariyati o‘rtasida “2030-yil uchun Mehnat inspeksiyasi, mehnat huquqlarini himoya qilish va bandlikka ko‘maklashish masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Protokolni amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi” almashildi.