22-mart mahalla tizimi xodimlari kuni muborak bo‘lsin!
Qadim va navqiron, betakror va jozibador mamlakatimizning bayramlari shodiyonalarga ulanib ketmoqda. 2022- yilning bahori bobodehqonlarimiz baxtiga baraka yomg'iri bilan ona zaminimizni siyladi. Kuni kecha prezidentimiz ko'p millionli aholiga samimiy tilaklarini bildirib, 22-mart mahalla tizimi xodimlari kuni haqida alohida to'xtaldilar. Zero, mahalla tushunchasi kichik vatan sifatida barchaga qadrdon. Muqaddas qo'rg'onimiz, ilk qadamlarimiz, ilk do'stimiz, ilk tadbirlarimiz aynan mahalla bilan chambarchas bog'liq. Bugun biz doim suyanadigan, fikrlashadigan, yaqin hamkorimiz mahalla tizimi xodimlari kuni nishonlanmoqda. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining jamoasi bundan keyin ham sizdek fidoyi va faol qatlam bilan birga ishlashga tayyor. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov