2023-yilda vazirlikning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlari jadallashib, mehnat migratsiyasi geografiyasi kengaydi:

28.12.2023

- Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya kabi rivojlangan davlatlarga tashkiliy yuborish yo‘lga qo‘yildi;
-109 ta xorijiy ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzildi;
- shartnoma bo‘yicha, 37 ming xayrixoh fuqarolar xorijda ishga joylashtirilib, belgilangan reja 106 foizga ado etildi;
- tashkiliy tarzda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan 2392 nafar shaxslarga imtiyozli kreditlar ajratilib, reja 119,6 foizga bajarildi;
- belgilangan reja 330 foizga ortig‘i bilan uddalanib, 132 703 nafar xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni sog‘lig‘i va hayotini sug‘urtalash xarajatlari qoplab berildi;
- xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan mehnat migrantlarining 222 ming nafariga huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.