2022-yilda Aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

30.12.2022

Aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida

1) Hududlarda korxonalar 85 mingtaga ko‘payib, ularning soni 550 mingtaga yetdi. Natijada, tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda 2 million aholining doimiy bandligi ta’minlandi;

2) 2022 yilda daromad solig‘i to‘layotgan rasmiy band bo‘lganlar soni 400 mingtaga oshdi. Ularning soni 5 million 100 mingga yetdi;

3) Mahallalardagi 35 mingta mikro-loyiha doirasida 175 ming aholi o‘zi yashaydigan mahallada daromad topishga ega bo‘ldi;

4) Yo‘lovchi tashish, duradgorlik, kulolchilik, rieltorlik xizmatini ko‘rsatish kabi 79 ta faoliyat turi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilish imkoniyati yaratilgani natijasida, bu yili 914 ming nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tib, ularning soni 2 millionga yaqinlashdi;

5) Norasmiy faoliyat olib borayotgan 458 ming fuqarolarning mehnat faoliyatlari rasmiylashtirildi;

6) Imkoniyati cheklangan shaxslarni bandligini ta’minlash maqsadida alohida Milliy dastur ishlab chiqilib, 15 ming nogironligi bo‘lgan fuqarolarning bandligiga ko‘maklashildi;

7) Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga bepul o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, ushbu shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya berish tizimi joriy etildi.

8) O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi tasdiqlandi;

9) “Sotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi tomonidan O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan boykotni bekor qilinishiga erishish natijasida global brendlar bilan hamkorlik uchun imkoniyatlar yaratildi.

10) Fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish ko‘lamini kengaytirish maqsadida “Ishga marhamat” monomarkazlari soni 23 taga, mahalla kasb-hunarga o‘qitish maskanlari soni 489 taga  yetkazildi. Mazkur ta’lim muassasalarida 140 ming ishsizlar kasb-hunarga o‘qitildi.

11) Xorijda ishlash istagini bildirgan shaxslar uchun rivojlangan davlatlarda, xususan Germaniya, Angliya, Serbiya, Isroil, Yaponiya davlatlarida mehnat faoliyatini yuritish imkoniyati yaratildi.

12) Aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi turdagi subsidiyalar ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, kasanachilik yo‘nalishida mini-loyihalarni amalga oshirish, tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilish, qurilish brigadalari tashkil etishni rag‘batlantirish  joriy etildi.