2022 yil 7 sentyabr kuni “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida yarim tungacha ishlayotgan 15 ta tashkilotlar haqida lavhalar eʼlon qilingan.
2022 yil 7 sentyabr kuni “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida yarim tungacha ishlayotgan 15 ta tashkilotlar haqida lavhalar eʼlon qilingan. Mazkur lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari tomonidan tashkilotlarda ish vaqtidan keyin xodimlarni ishga jalb etilishida qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida doimiy ravishda monitoringlar o‘tkazib keladi.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 453 ta tashkilotlarda 847 ta yaqin monitoringlar o‘tkazilgan va shundan 145 ta holatda qonun buzilish holatlari aniqlanganligi sababli, bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar kiritilgan va 43 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.
Xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish asosan hokimliklar, davlat boshqaruv organlari va bank muassasalarida kuzatilmoqda. Hududlar bo‘yicha tahlil etilganda Toshkent shahri, Namangan, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilmoqda.
Shu o‘rinda, barcha tashkilotlar mansabdor shaxslarini ish vaqtidan tashqari vaqtda, dam olish kuni va bayram kunlari xodimlarni qonun talablariga zid ravishda ishga jalb etganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar mavjudligi haqida ogohlantiramiz. Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari vaqtda, dam olish kuni va bayram kunlari xodimlarni ishga jalb etishda mansabdor shaxslar tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun,
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa,
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga ko‘ra mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno,
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1482-moddasiga ko‘ra mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakat Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Agarda ish beruvchilar tomonidan Sizning mehnat huquqingiz buzilayotgan bo‘lsa, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamiga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 71-200-06-00 Ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga va «mehnathuquqbot» telegram messendjeri orqali o‘zingizning buzilgan mehnat huquqlaringizni tiklash uchun murojaat qiling.
Eslatib o‘tamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.