2021-yilning ikkinchi yarim yillik ko'rsatkichlari bo'yicha vazirligimiz faoliyati 95 ball, ya'ni yuqori darajada baholanib, kuchli 3 talikdan o'rin oldi

12.03.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2021-yilning ikkinchi yarim yillik ko'rsatkichlari bo'yicha vazirligimiz faoliyati 95 ball, ya'ni yuqori darajada baholanib, kuchli 3 talikdan o'rin oldi.

Bu natija tizimda ishlayotgan barcha fidoyi xodimlarimizning mashaqqatli mehnati va harakatlari tufaylidir.

Reyting ko'rsatkichlari yuksalishida o'zining munosib hissasini qo'shgan Qudratullo Odinayev boshchiligidagi Davlat mehnat inspeksiyasini, vazirlik boshqarma boshliqlari Temur Mahmudov, Shuhrat Po'latov, Ilhom Abrorov, Saidjon Rajabov, Aleksandr Navvotniy, Baxtiyor Norboyev, Zohid Askarov, Shomaqsud Shoabdukarimov, Mavjuda Mirzayeva va ijodiy jamoasini, shuningdek, viloyat Bandlik bosh boshqarmalarini bu yutuq bilan muborakbod etaman!

2022-yilda ham peshqadamlik nasib etsin!

O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov