20 mingga yaqin fuqaroning bandligi ta'minlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda 20 mingga yaqin ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar, shu jumladan, xotin-qizlar bandligini ta'minlashga kirishdi.
Joriy yilning 15-oktabridan 1-dekabrgacha bo‘lgan davrda ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni, ayniqsa, xotin-qizlarni tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalarga jalb etish va ishga joylashtirish bo‘yicha jadval tasdiqlandi.
Xususan, 23-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi "Sharq yulduzi" hamda "Bahor" MFYda yashovchi 112 nafar ishsiz xotin-qizlar o‘z hududida joylashgan 200 dan ortiq ish o‘rniga ega “Qarshi Barokat” MChJ tikuv-trikotaj fabrikasida bo‘ldi. Tashrif chog‘ida korxonada yaratilgan sharotilar bilan yaqindan tanishildi va ish beruvchilar bilan suhbatlashildi.
Natijada 30 nafar xotin-qiz fabrikada faoliyat ko‘rsatish istagini bildirdi hamda ulardan ishga joylashish uchun arizalar qabul qilindi.