“2 oy ichida qayerdan ish topamiz? Ish bizni kutib turibdimi?”

10.12.2021

  Ijtimoiy tarmoqdagi “2 oy ichida qayerdan ish topamiz? Ish bizni kutib turibdimi?” sarlavhasi ostida chiqarilgan maqola bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish harakatlari olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 25 avgustdagi 685-sonli “Neft va gaz tarmog‘i tashkilotlarining aktivlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2020-yil 25 maydagi №02-1648 sonli Gʻuzor tumani xududida joylashgan “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” chorvachilik kompleksini, sutni qayta ishlar va kolbasa syexini “nol” xarid qiymatda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida salohiyatli tadbirkorga sotish choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi topshiriqlari ijrosi yuzasidan O‘zbekneftgaz Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining 2021-yil 15 noyabrdagi №73-sonli Qaroriga muvofiq xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 1-bandi bo‘yicha ogohlantirish xatlari berilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

     Holat yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan jamitya ma’sullari va xodimlarga mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishda qonunchilikda belgilab qo‘yilgan talablar bo‘yicha tushuntirish berildi.