💻 Kompyuter injiniringi texnigi

20.02.2020

Bugun biz deyarli hyech bir sohani kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaydigan darajaga yetib keldik. Va aniqki, bu bizning mushkulimizni ancha yengillashtirmoqda.

📌 Shahrisabzdagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.

 

💻 Kompyuter injiniringi texnigi

       (Axborot texnologiyalari)

 

❗️ Bu yo‘nalishda hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta'mirlash kasbi mutaxassislari tayyorlanadi.

✔️ O‘rganuvchilar nazariy bilimlarini amaliyot bilan birgalikda olib boriladi. Amaliyot ustaxonalari eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, uskuna va dastgohlar, o‘quv qurollari bilan ta'minlangan.

 

🔴 Unda quyidagilar o‘qitiladi:

🔸 WEB dasturlash (HTML va CSS);

🔸 Video studio (Adobe Primare);

🔸 Kompyuter tarmoqlari va dasturiy ta'minoti;

🔸 Dasturiy ta'minot;

🔸 Operatsion tizimlarini o‘rnatish va kompyuterlarni sozlash;

🔸 Kompyuter grafikasi (Corel DRAW,Adobe Photoshop);

🔸 Ms Office 2016;

🔸 Shaxsiy kompyuter va offis qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish;

🔸 Axborot xavfsizligi.

 

🔊  Kurs davomiyligi 6 oyni tashkil etadi. Bundan tashqari 2 oy davomida korxona va tashkilotlarda amaliyot ham tashkil etiladi.

 

Vazirlikning rasmiy sahifalari 

Facebook (https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/) I

Instagram (https://www.instagram.com/mehnat_vazirligi/) I

Telegram (https://t.me/mehnatvazirligi)