Nizom
Boshqarma boshlig‘i
1. Ishlar boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq vazirlikning ijro apparati va boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, xo‘jalik va transport ishini nazorat qiladi hamda boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga shaxsan javob beradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, vazirlikning buyruqlari, bayonnomalari, topshiriqlari, Hay'at qarorlarini Markaziy apparat boshqarma va bo‘limlari, hududiy bosh boshqarmalar, tizimdagi boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi.
3. Boshqarmaning tarkibiy tuzilishidan kelib chiqqan holda shtat jadvaliga ko‘ra, kadrlar masalasini ko‘rib chiqadi, boshqarmani xodimlar bilan to‘ldirish, yaxshi ishlab kelayotgan xodimlarni lavozimda o‘stirish hamda ularni moddiy rag‘batlantirish maqsadida rahbariyatga tegishli takliflarni kiritadi.
4. Vazirlikning Hay'at majlisi qarorlarining boshqarmaga tegishli qismini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.
Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan vazirga takliflar kiritadi.
5. Vazirlik apparati tarkibiy tuzilmalarini kerakli asbob-anjomlar bilan o‘z vaqtida ta'minlanishini tashkil etadi.
6. Boshqarmaning istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
7. Bino va inshootlardan to‘g‘ri foydalanish, texnika xavfsizligi qoidasiga rioya qilinishini muvofiqlashtiradi.
8. Avtomobil transportidan to‘g‘ri va samarali foydalanilishini o‘rganib boradi.
9. Issiqlik, suv o‘tkazish tizimi, kanalizatsiya, gaz, elektr tarmoqlari, telefon apparatlari va tizimlari ishlashini muvofiqlashtirib boradi.
10. Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, vazirlik tizimiga kiruvchi o‘ziga qarashli boshqa tashkilotlari bilan boshqarma vazifasiga kiruvchi masalalar yuzasidan o‘z vakolati doirasida munosabatda bo‘ladi.
11. Boshqarmaning vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqadi.
12. Vazir huzuridagi ishlab chiqarish va hay'at majlislarida ishtirok etadi.
13. Nizomda ko‘rsatilgan vakolatlar doirasida boshqa vazifalarni ham bajaradi.
14. Boshqarma boshlig‘i vakolati doirasida boshqarma xodimlari o‘rtasidagi vazifalar taqsimotiga zaruriyatga qarab tegishli o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
15. Boshqarma boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmagan paytda uning vazifasini bosh mutaxassis o‘rnatilgan tartibda bajaradi.