Vazifalar
Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni samarali tashkil etish, norasmiy bandlikni kamaytirish, aholi turmushi darajasi va farovonligi yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishda va uni yanada oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
hududlar bo‘yicha mehnat bozorini taxdil qilish, ishsiz aholini ishga joylashtirishda bandlikning yangi shakllarini keng tatbiq etish hisobiga aholi bandligining o‘sishini ta'minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
band bo‘lmagan aholini (qurolli kuchlardan bo‘shatilgan, jazo muddatini o‘tagan, avf, amnistiya aktiga asosan jazodan ozod etilgan, ishdan bo‘shagan, shu jumladan korxona tugatilishi yoki bankrotga uchraganligi munosabati bilan ishsizlar), yoshlar, ayollar va nogironlarni zamonaviy axborot- kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
ishga joylashtirish sohasida, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bazasida, «yagona oyna» tamoyili asosida kompleks xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy ofislar tashkil etilishini ta'minlaydi;
aholi (qurolli kuchlardan bo‘shatilgan, jazo muddatini o‘tagan, avf, amnistiya aktiga asosan jazodan ozod etilgan, ishdan bo‘shagan, shu jumladan korxona tugatilishi yoki bankrotga uchraganligi munosabati bilan ishsizlar), shu jumladan yoshlar, ayollar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar, ishdan ozod qilingan xodimlar va aholining boshqa toifalari bandligini va ular ishga joylashtirilishi bo‘yicha ma'lumotlar shakllantirilishi va tahlil etilishini tashkil qiladi;
ishsizlarni jamoat ishlariga, birinchi navbatda, yo‘l va uy-joy kommunal infratuzilmasini qurish, ta'mirlash va rekonstruksiya qilishga, shaharlar va tumanlarni obodonlashtirishga, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishtirok etishga jalb etish;
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining bitiruvchilarini ular egallagan mutaxassisliklarga muvofiq ishga joylashtirishni ta'minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish orqali mehnat organlari tomonidan aholiga va ish beruvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ulardan qulay foydalanishni ta'minlash orqali ishsizlarni, yoshlarni, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilarini hamda aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
ilg‘or axborot texnologiyalarini ishga joylashtirish jarayoniga faol joriy etish, jumladan, Milliy vakansiyalar bazasini yaratish va doimiy rivojlantirib borish;
bo‘sh ish joylari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish va taxdil qilishni tashkil etadi, belgilangan tartibda taqdim etiladigan bo‘sh ish joylari hisobini yuritadi va ular haqidagi ma'lumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aholiga yetkazadi;
aholiga ishga joylashish va bandlikni ta'minlash sohasida xizmatlar ko‘rsatishda nodavlat sektorining rolini oshirish va rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan har oyda yig‘ib olinayotgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlarida xususiy sektorning ulushini ko‘paytirish choralarini ko‘rish;
vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markazlarining faoliyatini tashkil etadi;
iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta tashkil etish davomida, shuningdek tashkilotlarning bankrot bo‘lishi va tugatilishi natijasida ishdan bo‘shab qoladigan xodimlarni ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslar uchun eng kam ish o‘rinlari band qilinishi bo‘yicha hokimliklar va mazkur yo‘nalishdagi mahalliy davlat hokimiyati organi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
Boshqarma o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
kasb-hunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
aholini ish bilan ta'minlash, yoshlarni, ishdan bo‘shatilgan xodimlarni, avf, amnistiya munosabati bilan jazodan ozod etilganlarni, muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan shaxslarni va aholining boshqa toifalarini ishga joylashtiradi;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ish qidirib murojaat qilgan fuqarolarning ishga joylashishini ta'minlaydi;
aholiga ishga joylashish va bandlikni ta'minlash sohasida xizmatlar ko‘rsatishda nodavlat sektorining rolini oshirish va rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
ishsizlar va ishga joylashishga muhtoj band bo‘lmagan aholi hisobini yuritadi;
odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ichki ishlar organlari bilan birgalikda vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarda, mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasini rasmiylashtirmasdan band bo‘lgan shaxslarni hisobga olish chora- tadbirlarini amalga oshiradi.