Dunyoqarashni o‘zgartiring, daromad o‘zi keladi

20.03.2024

Tashabbuskor, ishlab daromadli bo‘lishni istayotgan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda tadbirkorlikka jalb qilish orqali har bir xonadonni daromadli qilish va kambag‘allikdan chiqarish choralari ishlab chiqilmoqda.



Albatta, dunyoqarashni biroz o‘zgartirsak imkoniyatlarni ko‘ra boshlaymiz. Misol uchun, o‘rganish o‘tkazilayotgan Mirishkor tumanidagi «O‘zbekiston» MFYda istiqomat qiluvchi Feruza Niyozova hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 33 mln. soʻm imtiyozli kredit olib tadbirkorlikni 2 ming dona bedana bilan boshlagan. Bugun ularning soni 5 mingtaga yetdi.


Qolaversa, o‘zidan tashqari yana ikki kishini ish bilan ta’minladi. Xonadondagi 6 sotix tomorqa maydonidan yiliga 3 marotaba hosil oladi. Bundan tashqari, 2 bosh yirik shoxli chorva mollari, 12 bosh tovuq ham bor. Tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida inkubatorda bedana jo‘jalarini ochirib yiliga 45 mln. so‘m daromad qilmoqda.


Vazir “Tomorqa xizmati faqat bizda” MCHJ rahbari Sharifjon Ismoilovning rejalari bilan ham tanishdi. 20 mingga yaqin bedana parvarishi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor yaxshigina daromad qilyapti. 12 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan va shu yo‘nalishda kasanachilikni boshlash rejalari ham bor.


Shuningdek, hududdagi boshqa ishlab chiqarish obyektlari faoliyati bilan ham tanishib ish oʻrinlarini koʻpaytirish yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.