Tuzilma

Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi

Zafar Shavkatovich 1976 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1998 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.

Zafar Ikramov mehnat faoliyatini 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi DT Xalqbank Namangan viloyati boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.

2000-2007 yillarda Ipak yo‘li bankida mutaxassislikdan markaz boshlig‘igacha bo‘lgan vazifalarda ishlagan. 2008-2021 yillarda Davlat mulki qo‘mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi umumiy bo‘lim boshlig‘i-ishlar boshqaruvchisi vazifasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimigacha bo‘lgan mehnat yo‘lini bosib o‘tgan.

Ikramov Zafar Shavkatovich tayinlovga qadar Namangan viloyati hokimligining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi.