Vazirlikning rivojlanish strategiyasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “2021-yilga qadar mehnat va bandlik sohasidagi asosiy muammolarni hal etish Strategiyasi” ishlab chiqilgan va qabul qilingan.
Strategiya quyida ko‘rsatilgan asosiy hujjatlardagi mezonlarga asoslangan:
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi
Dunyoni tubdan o‘zgartirish: kun tartibida 2030-yilga qadar barqaror rivojlanish sohasi
Strategiya O‘zbekiston Respublikasi mehnat bozori va bandligidagi asosiy muammolarni hal etishga mo‘ljallangan chora-tadbirlar va tavsiflardan iborat.